Taʼlim muassasalarida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish boʻyicha shtab faoliyati yoʻlga qoʻyildi
Mamlakatimizdagi yoshlarning jismoniy faolligini oshirish maqsadida taʼlim muassasalarida ommaviy sport musobaqalarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazilgani haqida xabar bergan edik. Bugun Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati mazkur loyiha boʻyicha yoʻlga qoʻyilayotgan shtab faoliyati bilan tanishdi.
Shtabga Sport vazirligi va MOQdan tashqari masʼul tashkilotlarning mutaxassislari biriktirilgan. Vazir Adham Ikramov suhbatda bellashuvlarni taʼlim muassasalaridagi oʻquvchi va talabalarning soni, ularning qiziqishlarini inobatga olgan holda yoʻlga qoʻyish boʻyicha fikr bildirdi. Shuningdek, bahslar oʻtkaziladigan zallarning imkoniyatlarini oʻrganish muhimligi belgilab olindi.