13 Mart 2025
133
Figurali uchuvchilarimiz litsenzion jahon chempionatiga tayyorlanishmoqda
Figurali uchish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari, Xarbin-2025 qishki Osiyo oʻyinlari chempionlari Dmitriy Chigirev hamda Yekaterina Geynish AQShning Boston shahrida oʻtadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrishmoqda. Musobaqa oldidan tashkil etilayotgan soʻnggi mashgʻulotlar Kolorado shtatida olib borilyapti. Mazkur manzilda dunyo birinchiligida ishtirok etadigan boshqa davlat vakillari ham shugʻullanishmoqda.
Eslatib oʻtamiz, boʻlajak jahon chempionati 26-29-mart kunlari oʻtkazilib, unda Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya oʻyinlarining yoʻllanmalari oʻynaladi.