17 Iyul 2021 1744

“O‘zbek yo‘lbarslari” Olimpiadaga qizg‘in hozirlanmoqda

Hozirgi kunda boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ham Tokioda bo‘lajak Olimpiya o‘yinlariga hozirlik ko‘rmoqda. Marat Qurbonov boshchiligidagi jamoamiz ayni paytda Olimpiadadan avval so‘nggi yig‘inni yakunlash arafasida turibdi.

Tokio yig‘iniga litsenziatlarimiz qatorida terma jamoaning 2 va 3 raqamli bokschilari ham jalb etilgan. Ularning ishi, shubhasiz, asosiy jamoadagilarga sparring-raqib vazifasini bajarishdir. Mashg‘ulotlarda texnik harakatlar ustida ishlanmoqda.

Asosiy jamoa 21-iyul kuni Olimpiya shaharchasiga kirib joylashadi. Jamoaning qolgan vakillari esa 23-iyul kuni Toshkentga qaytib keladi.

Text to speech