12 Mart 2025 152

Taekvondochilarimiz yangi mavsum avvalida tibbiy tekshiruvdan oʻtkazildi

Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari bugun MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Markazning tor doiradagi mutaxassislari sportchilarning salomatligini koʻzdan kechirib, ularga kerakli tavsiyalarni berishdi.

Hozirda sportchilar navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib borishyapti. Shundan soʻng jamoa aprel oyida Xitoyda oʻtadigan nufuzli xalqaro musobaqalarda qatnashishi koʻzda tutilgan.

Text to speech