16 Iyul 2021
2013
Triatlonchilarimiz Bo‘stonliqda yig‘in boshlashdi
14-iyul kuni triatlon bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan Hojikent pansionatida navbatdagi yig‘inni boshladi.
Joriy oy boshida jamoamiz Ispaniyada o‘tgan harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgach qisqa muddat hordiq chiqarib oldi. Ushbu yig‘in doirasida asosiy va yoshlar jamoamiz birgalikda mashg‘ulot olib borishmoqda. Yig‘inga 11 nafar sportchi jalb qilingan bo‘lib, ular murabbiy Viktor Zemsov qo‘l ostida shug‘ullanishmoqda.
Mashg‘ulotlarda asosan jismoniy tayyorgarlikni kuchaytirishga e’tibor qaratilgan. Ushbu yig‘in avgust-sentyabr oylarida Turkiyada o‘tadigan navbatdagi xalqaro musobaqaga tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi.