8 Mart 2025
297
Oksana Chusovitina Jahon kubogida oltin medalni qoʻlga kiritdi!
Gimnastika afsonasi Oksana Chusovitina Boku shahri (Ozarbayjon) mezbonlik qilayotgan Jahon kubogida final yoʻllanmasiga ega chiqqani haqida ma’lum qilgan edik. Hal qiluvchi bosqichda yurtdoshimiz oʻzining sevimli tayanib sakrash dasturida eng yuqori natija qayd etib, oltin medalga sazovor boʻldi. Chusovitinaning chiqishi hakamlar tomonidan 13.516 ball bilan baholandi.