7 Mart 2025
283
Xokkeychilarimizdan tarixiy gʻalaba!
Tailandda xokkey boʻyicha U18 yosh toifasidagi jahon chempionatining III divizion, “B” guruhidan oʻrin olgan bahslar yakunlandi. Quvonarlisi, dunyo birinchiligida ilk bor qatnashgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi guruhdagi barcha uchrashuvlarda gʻalaba qozonib, 1-oʻrin bilan keyingi bosqich ishtirokchisiga aylandi.
Guruhdagi soʻnggi oʻyinda yoshlarimiz mezbonlarni 3:2 hisobida dogʻda qoldirishga muvaffaq boʻldilar. Ushbu gʻalaba jamoamizga kelasi yili III divizionning “A” guruhida qatnashish imkoniyatini taqdim etdi. Barakalla, yigitlar!