6 Mart 2025 317

Hamyurtlarimizning jismoniy faolligini oshirish borasida yangicha yondashuvlar tatbiq qilinadi

Bugun Milliy Olimpiya qoʻmitasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish va aholi jismoniy faolligini oshirish mavzusida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abduraxmanov, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalarining rahbariyati, shuningdek, boshqa masʼul tashkilotlarning mutasaddilari ishtirok etishdi.

Yigʻilishda aholining jismoniy faolligini oshirish, buning uchun yangicha mexanizm ishlab chiqish kun tartibining asosiy mavzusiga aylandi. Xususan, Toshkent shahri misolida taʼlim muassasalaridagi yoshlarni sportga keng jalb qilish, jarayonni raqamlashtirish boʻyicha taklif va mulohazalar bildirildi.

Suhbat yakunida ilgari surilgan takliflarni amalga tatbiq etish maqsadida barcha sohadan masʼullar biriktirilib, vazifalar taqsimoti belgilab olindi.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu