6 Mart 2025
547
Bokschi qizlarimiz jahon chempionatiga yoʻl olishdi
8-17-mart kunlari Serbiyaning Nish shahrida boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Mazkur musobaqada qatnashadigan jamoamiz Serbiyaga joʻnab ketdi. Elshod Rasulov boshchiligidagi murabbiylar shtabi dunyo birinchiligi uchun quyidagi tarkibni tanlab oldi:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Boboqulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Aziza Yoqubova
-57 kg: Nigina Oʻktamova
-60 kg: Sitora Turdibekova
-63 kg: Odinaxon Ismoilova
-66 kg: Navbahor Hamidova
-70 kg: Oysha Toirova
-75 kg: Aziza Zokirova
-81 kg: Sohiba Roʻzmetova
+81 kg: Oltinoy Sotimboyeva