Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” turniri yakuniga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi
Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” turnirining yakunlari va terma jamoamizning yangi Olimpiya siklidagi rejalari mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qoʻmita raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda A.Kamilov sportchilarimizning ishtiroki, kelgusida Toshkentda boshqa yirik musobaqalarni ham oʻtkazish, klublar faoliyatini jadallashtirish kabi yoʻnalishlarda atroflicha maʼlumot berdi. Shuningdek, MOQ rasmiylari mamlakat dzyudo federatsiyasi bilan hamkorlikda yangi Olimpiya sikliga tayyorgarlik boshlab yuborilganini bildirishdi. Qolaversa, anjumanda terma jamoamizda ish boshlagan murabbiylar Andrey Shturbabin hamda Aleksei Budolin (Estoniya) tanishtirildi.