5 Mart 2025
687
Dzyudochilarimiz Lins Gran-prisiga yoʻl olishdi
7-9-mart kunlari Avstriyaning Lins shahrida dzyudo boʻyicha Gran-pri turniri boʻlib oʻtadi. Unda qatnashadigan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Yevropaga joʻnab ketishdi. Musobaqada ishtirok etadigan tarkibimiz quyidagicha:
Erkaklar:
-66 kg: Dilshodbek Baratov
-73 kg: Mardon Ravshanov
-81 kg: Murodjon Yoʻldoshev
+100 kg: Muzaffarbek Toʻraboyev
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov
Ayollar:
-48 kg: Laziza Haydarova
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva