4 Mart 2025
432
Rektorlar oʻrtasida “Vazir kubogi” sport musobaqasi tashkil qilinmoqda
Bugun poytaxtimizdagi oliy taʼlim muassasalarining rektorlari oʻrtasida sportning mini-futbol, stol tennisi va shaxmat turlari boʻyicha “Vazir kubogi” musobaqasi oʻtkazilmoqda. Mazkur ommaviy sport tadbirida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Sport vazirliklari, shuningdek, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari rahbariyati ishtirok etdi.
Tadbirning davomida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Sport vazirligi oʻrtasida talaba yoshlarni sportga keng jalb qilish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi.