Oʻquvchi va talaba yoshlar orasida sport ommaviyligini oshirish masalalari koʻrib chiqildi
MOQda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi Shavkat Mirziyoyev tomonidan oʻtkazilgan videoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosi, ularning nazoratiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abduraxmanov, shuningdek, Sport, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirliklari hamda MOQ rahbariyati qatnashdi.
Suhbatda aholi salomatligini oshirish, taʼlim muassasalarida sport klublarini tashkil etish va ularga imtiyozlar ajratish kabi mavzular muhokama qilindi. Mutasaddilar o‘quvchi va talabalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazgan holda ularning qiziqishlarini aniqlash, shu asosda sport klublarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida fikr almashishdi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan ushbu jarayonni raqamlashtirish taklifi ilgari surildi.






