3 Mart 2025
384
Xokkeychilarimizda uchinchi gʻalaba!
Tailandda xokkey boʻyicha U18 yosh toifasidagi jahon chempionatining III divizion “В” guruhidan oʻrin olgan bahslar oʻtkazilayotgani haqida maʼlum qilgan edik. Bugun uchinchi oʻyinini oʻtkazgan yigitlarimiz navbatdagi yirik gʻalabani tantana qilishdi. Turkmanistonlik tengqurlari bilan bahs olib borgan yoshlarimiz 8:2 hisobida zafar quchishdi.
Eslatib oʻtamiz, hamyurtlarimiz bundan avvalgi ikki oʻyinda JAR hamda Lyuksemburg jamoalarini ham yirik hisoblarda magʻlubiyatga uchratishgan edi.