16 Iyul 2021 1985

Dzyudochilarimizning mashg‘uloti yakuniy pallada

Dzyudochilarimiz Maydzuru shahrida Olimpiadadan avval so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borayotganidan xabaringiz bor. Mashg‘ulotlarning oxirgi kunlari ham qiziqarli davom etmoqda.

Startga bir necha kun qolgani bois murabbiylar shtabi dzyudochilarimizga katta jismoniy yuklama berayotgani yo‘q. Asosiy e’tibor yuqori cho‘qqiga chiqib borayotgan sport formani ushlab turish va texnik tayyorgarlikni sayqallashga qaratilgan. O‘z navbatida, sportchilarni bir xil mashg‘ulotlardan chalg‘itish uchun mini-futbol va boshqa ko‘ngilochar o‘yinlar ham o‘tkazib turilmoqda.

Bugun mashg‘ulotlar yakunida jamoamiz bilan birga bo‘lib turgan MOQ raisi o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov terma jamoamiz vakillari bilan alohida suhbatlashib, ularning ruhiyati, ichki kechinmalari haqida gaplashdi. Olimpiadada dzyudo bahslari birinchilardan bo‘lib boshlanishini inobatga olib, xalqimiz va yurtboshimiz ilk medallarni ushbu sport turidan kutishayotgani, ularga chiroyli g‘alabalar taqdim qilish haqida gapirib o‘tdi.

Text to speech