3 Mart 2025
352
Olimpiada chempioni Shahobiddin Zoirovni tabriklaymiz!
Bugun boks boʻyicha Rio-2016 yozgi Olimpiya oʻyinlari va jahon chempioni, Osiyo chempionatlarining oltin va kumush medallari sohibi, “Sogʻlom avlod uchun” ordeni, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” va “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari egasi Shahobiddin Zoirov tugʻilgan kunini nishonlamoqda.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi bokschimizni tavallud ayyomi bilan qutlab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.