2 Mart 2025
333
“Uzbekistan global tour”ning yangi mavsumi boshlandi
Poytaxtimizda konkur boʻyicha an’anaviy tarzda oʻtkaziladigan “Uzbekistan global tour” musobaqasining bu yilgi bahslariga start berildi. Mavsumning ilk bosqichi kutilganidek qizgʻin kurashlar ostida kechdi.
Bellashuvlar yakuniga koʻra, Alisher Erkinov “B” toifasida (105-110 sm toʻsiq balandligi, “Barakat” laqabli otda), Mila Isroilova “E” toifasida (100 sm, “Chef blue”), Farzona Azimova yoshlar oʻrtasidagi “C” toifasida (100 sm, “Karida”), Jasmina Azimova esa “F” toifadida (80 sm, “Armani”) eng yuqori natijani qays etishdi.