2 Mart 2025 486

Stranja-2025: Bugun final janglari oʻtkaziladi

Boks olamida “kichik jahon chempionati” deya ta’rif beriladigan “Stranja” musobaqasi yakuniy pallaga kirdi. Bugun turnirning final bahslari tashkil etiladi. Murosasiz kechgan yarim final janglari yakuniga koʻra 6 nafar bokschimiz chempionlik uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi. Yana 2 nafar bokschimiz esa imkoniyatni boy berib, bronza medali bilan kifoyalandi. Kechagi janglar natijasi:

-51 kg: Asilbek Jalilov - Samet Gumus (Turkiya) 0:5
-57 kg: Xoʻjanazar Nortojiyev - Orazbek Assilqulov (Qozogʻiston) 4:0
-80 kg: Fazliddin Erkinboyev - Laki Aimufu (Avstriya) 5:0
-92 kg: Toʻrabek Habibullayev - Jak Merley (Irlandiya) 5:0
-48 kg: Behruz Xoldorov - Runey Luis (Irlandiya) 5:0
-54 kg: Shahzod Muzaffarov - Bashkim Bajoku (Kosova) 3-raundda texnik gʻalaba)
-75 kg: Javohir Ummataliyev - Timur Nurseitov (Qozogʻiston) 2:3
+92 kg: Jahongir Zokirov - Chjenvey Van (Xitoy) 4:1

Bugun chempionlik uchun ringga koʻtariladigan vakillarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:

-48 kg: Behruz Xoldorov - Ergunal Sabri (Bolgariya)
-54 kg: Shahzod Muzaffarov - Timur Kabdeshov (Qozog‘iston)
-57 kg: Xo‘janazar Nortojiyev - Zalimxan Suleymanov (Ozarbayjon)
-80 kg: Fazliddin Erkinboyev - Yerassil Jakpekov (Qozog‘iston)
-92 kg: To‘rabek Habibullayev - Vagkan Nanitzanian (Gretsiya)
+92 kg: Jahongir Zokirov - Oybek Oralbay (Qozog‘iston)

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu