1 Mart 2025 355

Yosh qilichbozlarimiz Osiyoda tengsiz!

Kuvaytda qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida kechgan jamoaviy bahslarda shpaga va sablya yoʻnalishlarida qizlarimiz oltin medallarga sazovor boʻlishdi.

Shpagachilarimiz Aziza Hamidova, Dilnaz Murzatayeva, Sanam Nazarova hamda Bibimaryam Saparova musobaqa davomida Iordaniya, Singapur, Xitoy Taipeyi va finalda Yaponiyani magʻlubiyatga uchratishdi. Sablyachilarimiz Gulistan Perdebayeva, Fernanda Errera, Samira Shokirova hamda Ayakoʻz Jumamuratovadan iborat kvartetimiz esa Singapur, Koreya Respublikasi va Gonkongdan ustun keldi.

Shu tariqa, musobaqada 5 ta oltin va 1 ta bronza medallarini jamgʻargan yoshlarimiz umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu