28 Fevral 2025
334
Dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” - birinchi kun sarhisobi
Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” turnirining birinchi kun bahslari yakunlandi. Unda sportchilarimiz 1 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi. Birinchi kungi bahslardan soʻng vakillarimiz umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinda ketishmoqda.
Kumush medal:
-66 kg: Zamaxshari Bekmurodov
Bronza medal:
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov
-60 kg: Anvarjon Ibrohimov
-66 kg: Muhriddin Tilovov
-66 kg: Artyom Shturbabin