28 Fevral 2025 1256

Togʻ changʻichilarimiz Osiyo chempionatida oltita medalni qoʻlga kiritishdi

Xitoyning Yansin shahrida togʻ changʻisi boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Pekin-2022 qishki Olimpiya oʻyinlari oʻtkazilgan trassada kechgan bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari muvaffaqiyatli qatnashishdi. 11 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar ishtirokidagi bahslarda hamyurtlarimiz 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor boʻldilar.

 Oltin medal:
Arman Gayupov (gigant slalom)
Medet Nazarov (slalom)

 Kumush medal:
Medet Nazarov (gigant slalom)
Arman Gayupov (slalom)
Sabina Rejepova (slalom)

 Bronza medal:
Valeriya Kovaleva (slalom)

Text to speech