28 Fevral 2025 1350

Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” turniriga start berildi

Bugun poytaxtimizda dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi. “Yunusobod sport majmuasi” mezbonlik qilayotgan turnirning ilk kunida yengil vazn toifasidagi bellashuvlar oʻtkaziladi.

Kun davomida Oʻzbekiston terma jamoasining 20 nafar aʼzosi tatamiga koʻtariladi. Shuningdek, soat 16:00 da musobaqaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi.

Text to speech