28 Fevral 2025
1383
Marius Vizer oʻzbek sporti yulduzlari bilan uchrashdi
Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Prezidenti Marius Vizer Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyiga tashrif buyurdi. Martabali mehmonga Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari hamda mamlakat dzyudo federatsiyasi rahbariyati hamrohlik qildi.
Janob Vizer tashrifi davomida oʻzbek sportining shonli va boy tarixi bilan tanishish barobarida Parij-2024 yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarining qahramonlari bilan ham suhbatlashdi.














