Tomas Bax mamlakatimizda nishonlangan “Xalqaro Olimpiya kuni”ni eʼtirof etdi
oriy yilning 21-28 iyun kunlari mamlakatimizda “Xalqaro Olimpiya kuni”ga bag‘ishlangan Olimpiya haftaligi o‘tkazilib, bayram Respublikamiz bo‘ylab keng nishonladi. 15 ta federatsiya va assotsiatsiyalarimizda o‘tkazilgan tadbirdan tayyorlangan videorolik Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Tomas Baxga taqdim etildi. O‘z navbatida, XOQ Prezidenti ushbu tadbirlarning yuqori saviyada va o‘zgacha shukuhda o‘tkazilganini taʼkidlab, O‘zbekiston MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonovga minnatdorchilik xatini yubordi. Unda shunday deyiladi:
“Yo‘llagan maktubingiz va unda O‘zbekistonda Olimpiya kunining nishonlangani haqidagi videorolikni taqdim etganingiz uchun Sizga chuqur minnatdorchiligimni izhor qilaman.
1894 yilda asos solingan ushbu kun 1948 yilning 23 iyunidan qayta tiklandi. U yoshi, jinsi, kelib chiqishidan qatʼiy nazar insoniyat orasida Olimpiya harakatini targ‘ib qilish yo‘lida xizmat qiladi. Olimpiya kuni bayrami – buning uchun eng yaxshi imkoniyatdir.
Xoh sport musobaqalari bo‘lsin, xoh ommaviy turnirlar, qanday tadbir o‘tkazishingizdan qatʼiy nazar, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Milliy federatsiyalar bilan hamkorlikda barchani ruhlantirishda va iliq taassurot qoldirishda davom etmoqda. Insonlarni har xil sport turlari bilan tanishtirishda hamda ularni harakatlantirishga undaydigan ajoyib ishingiz, mana shunday mehnatingiz mahsuli uchun chuqur minnatdorchiligimni bildirishga ijozat bering.
Siz va mamlakatingizning Olimpiya jamoasiga eng yaxshi tilaklarni bildirib qolaman”,
Hurmat bilan,
XOQ Prezidenti Tomas Bax