27 Fevral 2025
529
Diyora Keldiyorova dzyudo sport klubi faoliyatini boshlamoqda
Bugun poytaxtimizdagi 17-umumta’lim maktabida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Diyora Keldiyorova dzyudo sport klubi zalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF), Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari, mamlakat dzyudo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etgan tadbir dzyudo oilasi uchun oʻziga xos bayramga aylandi.
Tadbirda soʻz olgan rasmiylar yurtimizda dzyudo rivoji alohida bosqichga koʻtarilayotganini alohida ta’kidlab, ushbu dzyudo zal kelgusida Diyora Keldiyorova singari chempionlarni kashf etishini tilab qolishdi.