27 Fevral 2025 307

Trampolinchilarimiz Jahon kubogida kumush medalga sazovor bo‘lishdi

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida trampolin boʻyicha Jahon kubogining birinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham shohsupaga koʻtarilishdi.

Mikst dasturida qatnashgan yurtdoshlarimiz Mirshohid Hasanboyev hamda Farangiz Roʻziyeva juftligi 48.080 ball bilan kumush medalga sazovor boʻldi. Mazkur yoʻnalishda oltin medallar AQSh, bronza medallari esa Ozarbayjon jamoasi vakillariga nasib etdi.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu