27 Fevral 2025 1402

Fernanda Errera – Osiyo chempioni!

Kuvaytda qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining yana bir kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Sablyachi qizlar oʻrtasidagi bahslarda yurtdoshimiz Fernanda Errera oltin medalga ega chiqdi.

Errera musobaqa davomida Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Singapur va Xitoy vakillarini magʻlubiyatga uchratishga erishdi. Shuningdek, terma jamoamiz aʼzolari Gulistan Perdebayeva, Ayakoʻz Jumamuratova hamda Samira Shokirova kuchli oʻnlikdan joy olgan. Bugun jamoaviy dasturdagi bahslar boshlanadi.

Text to speech