26 Fevral 2025
1376
Marius Vizer Toshkentga yetib keldi
Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Prezidenti Marius Vizer poytaxtimizga tashrif buyurdi. Martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi va mamlakat dzyudo federatsiyasi rahbariyati kutib oldi.
Janob Vizer tashrifi davomida 28-fevral kuni start oladigan Toshkent “Katta dubulgʻa” turnirida qatnashib, sportimiz mutasaddilari bilan hamkorlik masalalariga oid uchrashuvlar oʻtkazishi rejalashtirilgan.





