26 Fevral 2025
248
Qilichbozlarimizdan Osiyo chempionatida oltin va bronza
Kuvayt mezbonlik qilayotgan qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionatidan xushxabar. Yoshlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasi oltin va bronza medallariga sazovor boʻldi.
Ayni paytda sablya boʻyicha erkaklar terma jamoamizning yetakchisi boʻlib turgan Musa Aymuratov oʻz yosh toifasida qitʼa birinchiligida tengsiz ekanini koʻrsatib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Aymuratovga yarim finalda imkoniyatni boy bergan Islambek Abdazov esa bronza medaliga ega chiqdi.