25 Fevral 2025 1508

Yurtimizda gandbol rivojini yangi bosqichga olib chiqish masalalari koʻrib chiqildi

Bugun Oʻzbekiston gandbol federatsiyasining konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati ishtirok etgan mazkur tadbirda federatsiyaning istiqbolli rejalari muhokama qilindi.

Yigʻilish davomida erkaklar va ayollar terma jamoalarining Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo hamda Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik dasturi batafsil koʻrib chiqilib, federatsiya ustavining yangi tahriri tasdiqlandi hamda rais oʻrinbosarlari va Ijroiya qoʻmitasining tarkibi qayta shakllantirildi.

Unga koʻra, “Navoiy kon metallurgiya kombinati” (NKMK) AJ ning Kasaba uyushmasi raisi Isroil Rahmatov, NKMKning Toshkent shahridagi vakolatxonasi rahbari Shuhrat Sattorov hamda Sport oʻyinlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Jasur Akramov federatsiya raisi oʻrinbosari lavozimiga saylanishdi.

Text to speech