24 Fevral 2025 1568

Sofiyada boks bo‘yicha “Stranja” turniri boshlanmoqda

Bugun Bolgariyaning Sofiya shahrida boks boʻyicha “Stranja” xalqaro turniri start oladi. Musobaqaning ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasining bir nafar aʼzosi saralash jangini oʻtkazadi.

-60 kg: Samandar Olimov - Adam Xession (Irlandiya)

Qayd etish joiz, musobaqada Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempionlari Abdumalik Xalokov va Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev ham ishtirok etishi koʻzda tutilgan edi. Biroq Xalokovning professional boksdagi ikkinchi jangi 27-fevralga surilgani, Moʻydinxoʻjayev esa musobaqadan oldin jarohat olgani uchun har ikki bokschimiz turnirni oʻtkazib yuboradigan boʻlishdi.

 

Text to speech