24 Fevral 2025 1307

Ikki nafar velosportchimiz qitʼa chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritishdi

Ayni kunlarda Malayziyada velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Unda qatnashayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari musobaqaning dastlabki kunlari 2 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor boʻlishdi.

Erkaklar oʻrtasidagi skretch dasturida Dmitriy Bocharov amaldagi jahon chempioni yaponiyalik Kazushige Kuboki bilan oltin medal uchun raqobatda ustun keldi. Yosh isteʼdodli sportchilarimizdan Samira Ismoilova omnium dasturida oltin, ochkolar poygasida esa bronza medaliga sazovor boʻldi.

Musobaqa 27-fevralga qadar davom etadi.

Text to speech