22 Fevral 2025
1543
Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi
Bugun “JAR” sport kompleksida voleybol boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Unda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda mamlakat voleybol federatsiyasi rahbariyati ishtirok etishdi. Rasmiylar sportchilarni yangi mavsum boshlangani bilan qutlab, boʻlajak bahslarda barcha jamoalarga omad tilashdi.
Dasturga koʻra, kecha boshlangan 1-tur bellashuvlari 26-fevralga qadar davom etadi. Bu yilgi mamlakat birinchiligida yigirmata jamoa gʻoliblik uchun kurash olib bormoqda.






