22 Fevral 2025
1358
Oksana Chusovitina Jahon kubogi sovrindori
Gimnastika afsonasi, bu yil 50 yoshni qarshi oladigan Oksana Chusovitinadan yana bir qoyilmaqom natija. Hamyurtimiz Germaniyaning Kotbus shahrida tashkil etilayotgan Jahon kubogi bosqichida bronza medalga sazovor boʻldi.
Tayanib sakrash dasturida qatnashgan yurtdoshimiz 13.249 ball bilan 3-natijani qayd etdi. Ofarin, Oksana!
