22 Fevral 2025
842
Kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Tailandning Bangkok shahrida tashkil etilayotgan musobaqaning saralash bosqichida BAA, Hindiston, Yaponiya kabi kuchli jamoalarni magʻlub etgan qizlarimiz finalda malayziyalik merganlarni 5:3 hisobida dogʻda qoldirishdi. Turnirda Ziyodaxon Abdusattorova, Nilufar Hamroyeva hamda Jasmina Nurmanova yurtimiz sharafini himoya qildilar.
