Bahodir Qurbonov OʻFA prezidenti etib saylandi
Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari saylov Kongressi oʻtkazildi. Unda Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-polkovnik Bahodir Qurbonov OʻFA prezidenti etib saylandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov, shuningdek, Sport vazirligi hamda MOQ rahbariyati ishtirok etgan mazkur tadbir davomida oʻzbek futbolining istiqboliga oid qator masalalar ham koʻrib chiqildi. Bahodir Nizomovich yuklatilgan masʼuliyatli vazifani ado etishda bor kuch-gʻayratini ishga solishga, milliy terma jamoaning 2026-yil oʻtadigan jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga vaʼda berdi.
Oʻz navbatida, rasmiylar B.Qurbonovni yangi lavozimga saylangani bilan qutlab, uning faoliyatida ulkan omad va muvaffaqiyatlar tilashdi.