21 Fevral 2025
922
VII Toshkent xalqaro marafonida birga yuguramiz
Joriy yilning 13-aprel kuni poytaxtimizda VII Toshkent xalqaro marafoni tashkil etiladi. Bugun Yoshlar ishlari agentligida mazkur musobaqaga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi.
Spikerlar Navroʻz bayramiga bagʻishlab tashkil qilinadigan anʼanaviy musobaqada 28 mamlakatdan bir necha ming ishtirokchi qatnashishi kutilayotganini maʼlum qilishdi. Marafonda ishtirok etish uchun perfend.com va yugur.uz platformalari orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.
