Tokio-2020: Dzyudochilarimizning ehtimoliy raqiblari kimlar bo‘ladi?
Hozirga kelib, dzyudo bo‘yicha barcha terma jamoalarning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etuvchi tarkibi ma’lum bo‘ldi. Ushbu maqolada vakillarimizning ehtimoliy raqiblari haqida gaplashamiz.
Ushbu sport qoidalariga ko‘ra, qur’adan avval reytingdagi eng yuqori 8 sportchi ajratib olinadi va ularning guruhlardagi o‘rni belgilab olinadi. Bunda “A” guruhidan 1 va 8, “B” guruhidan 4 va 5, “C” guruhidan 2 va 7, “D” guruhidan 3 va 6-saralangan dzyudochilar o‘rin egallashadi. Xalqaro dzyudo federatsiyasining yakuniy reytingiga ko‘ra, 4 nafar dzyudochimiz: Sharofiddin Lutfillayev (-60 kg), Sardor Nurillayev (-66 kg), Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) va Davlat Bobonov (-90 kg) ushbu sakkizlikdan joy oldi. Quyida, ushbu vazn toifalarida kuchli sakkizlikdagi dzyudochilarning qaysi guruhlardan joy olishi bilan tanishishingiz mumkin:
-60 kg:
“A” guruhi
Robert Mshvidobadze (Rossiya)
Noma’lum raqib
Yung Vei Yang (Xitoy Taipeyi)
Noma’lum raqib
“B” guruhi
Fransisko Garrigos (Ispaniya)
Noma’lum raqib
Sharofiddin Lutfillayev (O‘zbekiston)
Noma’lum raqib
“C” guruhi
Naoxisa Takato (Yaponiya)
Noma’lum raqib
Luxumi Chxvimiani (Gruziya)
Noma’lum raqib
“D” guruhi
Yeldos Smetov (Qozog‘iston)
Noma’lum raqib
Kim Von Jin (J.Koreya)
Noma’lum raqib
-66 kg:
“A” guruhi
Manuel Lombardo (Italiya)
Noma’lum raqib
Sardor Nurillayev (O‘zbekiston)
Noma’lum raqib
“B” guruhi
Xifumi Abe (Yaponiya)
Noma’lum raqib
Basxu Yondonperenlei (Mo‘g‘uliston)
Noma’lum raqib
“C” guruhi
An Baul (J.Koreya)
Noma’lum raqib
Alberto Gaitero (Ispaniya)
Noma’lum raqib
“D” guruhi
Vaja Margvelashvili (Gruziya)
Noma’lum raqib
Barux Shmailov (Isroil)
Noma’lum raqib
-81 kg:
“A” guruhi
Mattias Kasse (Belgiya)
Noma’lum raqib
Alan Xubetsov (Rossiya)
Noma’lum raqib
“B” guruhi
Vedat Albayrak (Turkiya)
Noma’lum raqib
Frank de Vit (Niderlandiya)
Noma’lum raqib
“C” guruhi
Sagi Muki (Isroil)
Noma’lum raqib
Sharofiddin Boltaboyev (O‘zbekiston)
Noma’lum raqib
“D” guruhi
Tato Grigalashvili (Gruziya)
Noma’lum raqib
Said Mullai (Mo‘g‘uliston)
Noma’lum raqib
-90 kg:
“A” guruhi
Nikoloz Sherazadishvili (Ispaniya)
Noma’lum raqib
Mixail Igolnikov (Rossiya)
Noma’lum raqib
“B” guruhi
Lasha Bekauri (Gruziya)
Noma’lum raqib
Davlat Bobonov (O‘zbekiston)
Noma’lum raqib
“C” guruhi
Noyel Van End (Niderlandiya)
Noma’lum raqib
Ivan Moralesh (Kuba)
Noma’lum raqib
“D” guruhi
Kristian Tots (Vengriya)
Noma’lum raqib
Nemanya Maydov (Serbiya)
Noma’lum raqib
Bu orqali qur’a sxemasini shakllantirib, finalgacha bosib o‘tiladigan yo‘lni taxmin qilish mumkin. “A” va “B”, “C” va “D” guruhlarining g‘oliblari yarim finalda to‘qnash kelishadi. Ushbu dzyudochilarimiz bahslarni ikkinchi davradan boshlashadi va saralangan raqiblari bilan katta ehtimolda chorak finalda to‘qnash kelishadi.
Qur’a tashlash marosimi yakunlanganidan so‘ng, “noma’lum raqib”larning aynan kim bo‘lishini bilib olish mumkin. Biroq katta ehtimolda har bir guruhning saralangan vakillari chorak finallarda o‘zaro to‘qnash kelishadi. Shubhasiz, jamoamiz murabbiylari mana shu holat bo‘yicha o‘z shogirdini tayyorlab borishmoqda. Ehtimoliy raqiblari ustida ishlab, ularga qarshi taktikalarni ham sinovdan o‘tkazishmoqda.
Shu o‘rinda sakkizlikka kira olmagan vakillarimiz ham raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar faqat g‘alaba uchun tatamiga chiqishadi. Farqli ravishda yuqoridagi 4 nafar hamyurtimiz ilk bellashuvni nisbatan kuchli raqiblarga qarshi musobaqani boshlamasliklari va qur’aning qaysi tomonidan final sari odimlashlarini bilishlarida.
Nima bo‘lganda ham, hamyurtlarimizga bo‘lajak musobaqada faqat va faqat chiroyli g‘alabalar tilab qolamiz. Bellashuvlargacha Tokio-2020 dzyudochilarimiz uchun qo‘lga kiritilgan litsenziyalar soni bo‘yicha tarixiy natija bo‘lib ulgurdi. Endi buni medallar bo‘yicha ham yangilab qo‘yish qoldi xolos. Hajime!