20 Fevral 2025
1369
O‘zbekistonning eng kuchli stol tennischilari Samarqandda jam bo‘lishdi
Ayni kunlarda Samarqandda stol tennisi boʻyicha professionallar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtmoqda. Unda Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 200 nafardan ziyod sportchi gʻoliblik uchun bahs olib boryapti.
Bellashuvlarda Marhabo Magdiyeva, Arujan Kamalova, Asel Erkayeva, Shohruh Iskandarov kabi terma jamoaning asosiy vakillari ham ishtirok etyapti. Mazkur mamlakat birinchiligi joriy yil kutib turgan xalqaro musobaqalar uchun terma jamoaga asosiy va zaxira tarkibni yana bir karra saralab olish imkoniyatini taqdim etadi.



