19 Fevral 2025
1264
Og‘ir atletikachilarimiz yangi mavsumga Kislovodskda tayyorlanishmoqda
Shu kunlarda ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Rossiyaning Kislovodsk shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda. Mazkur yigʻin Bahrom Mendiboyev hamda terma jamoamizga jalb qilingan xorijlik mutaxassis Xolid Korani murabbiyligi ostida oʻtmoqda. Mashgʻulotlar may oyiga belgilangan kattalar uchun Osiyo, oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalarimiz uchun esa jahon chempionatiga tayyorgarlikning muhim bosqichi vazifasini oʻtab beradi.
