19 Fevral 2025 1267

Yosh qilichbozlarimiz Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Kuvaytga joʻnab ketishdi

20-28-fevral kunlari Kuvaytda qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Mazkur musobaqada ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasining birinchi qismi Al-Kuvayt shahriga yoʻl oldi.

Mamlakat qilichbozlik federatsiyasining maʼlum qilishicha, qitʼa birinchiligida jami 50 nafar yosh sportchimiz medallar uchun jang olib boradi. Boʻlajak musobaqada hamyurtlarimizga omad tilaymiz.

Text to speech