Uzbekistan aquatics federatsiyasining ustuvor rejalari va tashkiliy masalalari koʻrib chiqildi
Bugun Kasaba uyushmalari federatsiyasida Uzbekistan aquatics federatsiyasining konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Sport vazirligi va MOQ rahbariyati ishtirok etgan tadbirda 13-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosi, Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish kabi vazifalar soha mutaxassislari bilan muhokama qilindi.
Tadbir davomida federatsiya raisi oʻrinbosarlari, Ijroiya qoʻmitasi, nazorat-taftish komissiyasi, hududiy vakillari tarkibi qayta shakllantirilib, tashkilotning yangi ustavi ham tasdiqlandi. Suhbat davomida viloyatlardagi infratuzilmani yanada yaxshilash, suv sporti turlari ommaviyligini oshirish boʻyicha ham qator masalalar koʻrib chiqildi.








