18 Fevral 2025
801
Tailandda qitʼamizning eng kuchli merganlari jam bo‘lishdi
Tailandning Bangkok shahrida kamondan otish boʻyicha Osiyo kubogining birinchi bosqichi start oldi. Qitʼamizning eng kuchli merganlari ishtirok etayotgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham qatnashmoqda.
Dasturga koʻra, bugun sportchilar barcha yoʻnalishda dastlabki kvalifikatsiya bosqichida, ertadan esa pley-offda oʻq otishadi. Mazkur musobaqada 8 nafar sportchimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi. Bahslar 22-fevralga qadar davom etadi.
