17 Fevral 2025 781

Uch federatsiyaga yangi rahbar saylandi

Bugun kun davomida Milliy Olimpiya qoʻmitasida Sport vazirligi va MOQ rahbariyati ishtirokida uchta sport federatsiyalari hamda assotsiatsiyalarining ketma-ketlikda navbatdan tashqari saylov konferensiyalari boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi

Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi raisi Akmalxoʻja Mavlonov federatsiya raisi, Otabek Choriyev, Andrey Abduvaliyev va Kamoliddin Usmonov rais oʻrinbosarlari, Kamoliddin Roʻzmuhammedov esa bosh kotib lavozimlariga saylanishdi;

Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi

Tadbirda “Oʻzmilliybank” AJ boshqaruv raisi Alisher Mirsoatov assotsiatsiya rahbari etib saylandi;

Oʻzbekiston tennis federatsiyasi

Federatsiyaning sobiq raisi A.Mirsoatov qishki sport turlari assotsiatsiyasi boshqaruviga oʻtgani bois, tadbirkor, uzoq yillar “Paxtakor” FK prezidenti sifatida faoliyat yuritgan mutaxassis Botir Rahimov nomzodi Oʻzbekiston tennis federatsiyasi raisligiga ilgari surildi va bir ovozdan maʼqullandi.

Shuningdek, konferensiyalarda tashkilotlarning yangi ustavi ham tasdiqlab olindi.

Tadbirda ishtirok etgan rasmiylar federatsiyalarning yangi rahbariyatini masʼuliyatli lavozimga saylanishgani bilan qutlashdi. Ularga oldinda turgan Milan-Kortina-2026 qishki va Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik yuzasidan vazifalarni belgilab, bu borada oʻz tavsiyalarini berishdi.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu