14 Iyul 2021 1457

Ular Tokioga borishadi: Kelajak bunyodkori Bobousmon Baturov

Tokio-2020 Olimpiadasi kun sayin yaqinlashib kelmoqda. Bugun sizlarga bo‘lajak Olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qiladigan bokschimiz Bobousmon Baturovni yaqindan tanishtiramiz.

Bobousmon Shamsutdin o‘g‘li Baturov 1994-yil 16-noyabr kuni Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 2013-yildan terma jamoa aʼzosi. Murabbiyi Burhon Ahmedov.

2017-yil Ozarbayjonda o‘tgan “Islom Birdamligi o‘yinlari”da, 2018-yil Indoneziyada mezbonlik qilgan Osiyo o‘yinlarida -69 kg vazn toifasida g‘alaba qozondi. Bu uning terma jamoamizdagi dastlabki yirik muvaffaqiyatlari bo‘ldi.

2019-yil Tailandning Bangkok shahrida o‘tgan Osiyo chempionatida qitʼada tengsiz ekanligini yana bir karra isbotladi. Bokschimiz Rossiyaning Yekaterinburg shahri mezbonlik qilgan jahon chempionatida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, terma jamoamizga bronza medalini taqdim qildi. Shundan so‘ng davlatimiz tomonidan “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan.

2020-yil Iordaniyada o‘tkazilgan litsenzion turnirdagi ishtiroki bilan Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi.

Text to speech