17 Fevral 2025
1270
Sablyachilarimiz yana bir Jahon kubogi bosqichini muvaffaqiyatli o‘tkazishdi
Hafta yakunida Qozog‘istonning Olma-ota shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli kechib, sportchilarimiz 2 tadan oltin va kumush, shuningdek, 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Oltin medal:
Gulistan Perdibayeva
Qizlar, jamoaviy
Kumush medal:
Ayako‘z Jumamuratova
Yigitlar, jamoaviy
Bronza medal:
Samira Shokirova
