13 Iyul 2021
1871
OAV vakillari diqqatiga!
14-iyul kuni soat 11:00 da MOQ majlislar zalida Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari oldidan rasmiy matbuot anjumani o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi. Mamlakatimizda yuzaga kelgan murakkab epidemiologik vaziyat sabab ushbu anjuman bekor bo‘lganini maʼlum qilamiz.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raydi va barcha OAV xodimlarini, blogerlarni Olimpiya o‘yinlarida terma jamoamiz ishtirokini katta hajmda yoritib borishga chorlab qoladi. Unutmaylikki, biz o‘z ishimiz orqali atletlarimizni yana-da ruhlantirishimiz, ularga madad berishimiz mumkin.