10 Fevral 2025
1270
Rasmiylar sport sohasidagi ustuvor vazifalarni muhokama qilishdi
Bugun Milliy Olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abduraxmanov, Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov, Bosh kotib Oybek Kasimov ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda sohada amalga oshirilayotgan ishlar, rejalashtirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, ommaviy va professional sportni rivojlantirishga oid ustuvor vazifalar ham belgilab olindi.





