8 Fevral 2025
1208
Xarbin-2025: Togʻ changʻisi boʻyicha sportchilarimiz ham bahslarga kirishishdi
Togʻ changʻisi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari ham qishki Osiyo oʻyinlaridagi ishtirokini boshlashdi. Biroq slalom yoʻnalishida kechgan ayollar oʻrtasidagi bahslar hamyurtlarimiz uchun koʻngildagidek nihoyasiga yetmadi. Yakunda Sabina Rejepova 15, Valeriya Kovalyova 17, Mariya Morova 23-natijani qayd etishdi. Kseniya Grigoryeva 2-chiqishida trassada xatoga yoʻl qoʻygani uchun diskvalifikatsiya qilindi.









