7 Fevral 2025
311
Xarbin-2025: Yeybog yana ikki yoʻnalishda startga chiqdi
Daniil Yeybog qishki Osiyo oʻyinlari doirasida yana ikki startni ham omadli oʻtkazdi. 500 metr masofada kechgan saralash dasturida short-trekchimiz 41.143 soniya, 1000 metr masofada esa 1:29:268 daqiqa bilan har ikki yoʻnalishda chorak finalga yoʻl oldi. Yeybog ikkala yoʻnalishda ham oʻz guruhida ikkinchi boʻlib marra chizigʻini kesib oʻtdi.